DiscoverSharoit+
Sharoit+
Claim Ownership

Sharoit+

Author: Ulug'bek Mamatxanov

Subscribed: 2Played: 5
Share

Description

Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi (NNT) podkasti. Internetdagi manzilimiz: www.sharoitplus.uz

61 Episodes
Reverse
Sharoit+ podkast mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (IHMA) Nogironligi bo‘lgan shaxslarni funksionalligini baholash boshqarmasi vakillari:1. Nazarmatov Umarali Ergashevich — Nogironligi bo‘lgan shaxslarni funksionalligini baholash sho‘basi mudiri - boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari2. Isayev Umid Suratovich - Bosh yuriskonsultNogironlikni belgilash bo‘yicha qolgan savollaringizni mutaxassisning oʻzlariga quyidagi telefonlar orqali berishingiz mumkin.Tel: +998 (90) 176-79-21 (Umarali Nazarmatov)Call-markazi qisqa raqami: 1140                                           Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov
2025-yil 15-aprel Sharoit+ podkast loyihasining mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (IHMA) vakillari: IHMA nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i — Rasulov Farxod Olim o‘g‘li.O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori — Mursakulov Anvar Aliyevich.Boshlovchi: Ulug‘bek MamatxonovMuharrir: Dilmurod Yusupov
2024-yil 27-dekabr bu yilning Sharoit+ podkast oxirgi soni mehmonlari Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi raisi — Muhabbat Raximova. Rahbarimiz va tashkilotimiz xodimlari yil davomida olib borilgan ishlar natijalarini sarhisob qiladilar va 2025-yilga qilinayotgan rejalar bilan tanishtiradilar.Boshlovchi: Ulug‘bek MamatxonovO‘zbek imo ishora tili tarjimoni: E’zoza Ahmedova (https://youtu.be/Bc4XRUChlcs)
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmamiz bir nechta a’zolari va xodimlarini AQSh Davlat departamentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish va qamrab olish strategiyalari” 10 kunlik Xalqaro tashrif buyuruvchilar yetakchilik dasturida (International Visitor Leadership Program) ishtirok etishga taklif qilishgan edi.2024-yil 13-dekabr Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi sonida tashkilotimiz vakillari AQShdan olib kelgan bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.Suhbatimiz davomida quyidagi masalalarni muhokama qildik:- Amerikada nogironligi bo‘lgan shaxslar harakati tarixi;- Nogironligi bo‘lgan amerikaliklar akti (Americans with Disabilities Act);- Mustaqil yashash harakati va markazlari;- Dunyodagi birinchi karlar universiteti;- ko‘rinmas nogironlik turlari;- va tinglovchilar savollariga javob berdik. Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov
31 октября гостями нашего подкаста Sharoit+ — Мария Мусакова, основатель и директор Школы кинематографии и театрального искусства FOCUS, и Мирсаид Мухтаров — Консультант по инклюзии в Фонде развития культуры и искусства при Кабинете Министров Республики Узбекистан.Во время беседы мы ответим на следующие вопросы: - Что за учебное заведение Школа кино и театра FOCUS? - Какие цели и задачи организации? - Какие проекты в области инклюзии осуществляет школа? - Какова цель создания специального проекта Актерской студии для людей с инвалидностью? - А также ответим на ваши остальные вопросы.🎤 Ведущий и редактор: Дильмурад Юсупов
26-oktyabr (shanba) soat 17:00 da Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmonlari “International inclusive hub” (IIH) xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi direktori va mutaxassislari:1. Badalova Madina Baxadirovna, Markaz direktori2. Sadullayeva Nigora Ruslanovna, Innovatsion dastur va loyihalarni ishlab chiqish bo‘limi bosh mutaxassisi3. Nurmanova Nurlana Djamaladdinovna, To‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi4. Romancheva Galina Yurevna, Direktor kotibasiSuhbatimiz davomida quyidagi savollarga javob beramiz:- “International inclusive hub” o‘zi nima? Va bu markazning maqsad vazifalari nimalardan iborat?- Kreativ va IT sohasida nogironligi bo‘lgan yoshlar qanday yo‘nalishlar bo‘yicha boshlang‘ich professional ta’lim dasturlarida o‘qishi mumkin?- Ta’lim kurslariga yozilish uchun qayerga murojaat qilish kerak? Bu kurslar bepulmi?- Va sizdan kelib tushga boshqa savollarga javob beramiz.Boshlovchi: Ulug‘bek MamatxonovMuharrir: Dilmurod Yusupov
2024-yil 17-oktyabr Sharoit+ podkast loyihasining mehmoni Chevening dasturi koordinatori Shirin Toshxo‘jayeva bilan Buyuk Britaniyada magistratura bosqichida to‘la moliyalashtirilgan holda o‘qish imkonini beruvchi Chevening stipendiyasi haqida ochiq suhbat qilamiz.Suhbatimiz davomida quyidagi savollarga javob berdik:Chevening stipendiyasi qanday stipendiya? Uning talablari, foydali jihatlari va hujjat topshirish tartibi qandayNogironligi bo‘lgan shaxslar ushbu dasturga arizalarni qanday topshiradilar va ularga qanday imkoniyatlar bor?Va tinglovchilarning boshqa savollariga ham javob berdik.Boshlovchi: Ulug‘bek MamatxonovMuharrir: Dilmurod Yusupov
27-sentyabr (juma) soat 17:00 da Sharoit+ podkast loyihasining mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori va mutaxassislari: 1. Olloyorov Mansurbek Polvonzoda (Agentlik direktori);2. Nazarov Farid Farxadovich (Boshqarma boshlig‘i);3. Komilov Qobil Ixtiyor o'g'li (Bo'lim boshlig‘i);4. Ismailov Shahzod Zoir o‘g‘li (Bosh mutaxassis).                                                                                     🎤 Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov
Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmonlari mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari: Dadaboyev Azimjon Axmadjonovich (Bo‘lim boshlig‘i) va Boboxonov Saidmurodxon Baxtiyor o‘g‘li (Bosh mutaxassis).🎤 Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov
Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Mansurbek Olloyorov va mutaxassislar hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshlig‘i.🎙 Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov
Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Olloyorov Mansurbek Polvonzodava va mutaxassislar M.Niyazov, I.Muhitdinov.🎙Boshlovchi: Ulug'bek Mamatxonov
Sharoit+ podkastining navbatdagi mehmonlari: Birlashgan millatlar tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) inklyuziya bo‘yicha mutaxassisi — Shavkat Yarmuxamedov va “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati direktori — Saida Turabekova va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi kinologiya xizmati boshlig‘i — Inomjon Nasrullayev.
Podkastning navbatdagi mehmoni Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi raisi — Muhabbat Raximova. Rahbarimiz va tashkilotimiz xodimlari yil davomida olib borilgan ishlar natijalarini sarhisob qiladilar va 2024-yilga qilinayotgan rejalar bilan tanishtiradilar.
Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Transport tashuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi mutaxassislari — Ismailov Bahtiyor, Po‘latov Alisher, Norbutayev Ollayor.🎙Boshlovchi: Ulug'bek Mamatxonov
Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Mansurbek Olloyorov va mutaxassislar M.Niyazov, I.Muhitdinov, A.Narzullayev🎙Boshlovchi: Ulug'bek Mamatxonov
Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmoni: O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi rais o‘rinbosari — Abdulla Abduhalilov
Sharoit+ podkastning navbatdagi mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas‘ul xodimi — O‘tkir Namozboyev.
Navbatdagi mehmonimiz “ISHONCH VA HAYOT” Respublika nodavlat notijorat tashkiloti — dastur koordinatori Tashmatov Davron Abdurahmanovich.   
Mehmon: “El-yurt umidi” jamg‘armasi Ta‘lim dasturlari bo‘yicha stipendiya tanlovini tashkil etish bo‘limi yetakchisi mutaxassisi — Mohinur Rahimova.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi — Zohid Ataxanov
loading
Comments