DiscoverChaqmoq FM ⚡️
Chaqmoq FM ⚡️
Claim Ownership

Chaqmoq FM ⚡️

Author: Farhodjon Chinberdiyev

Subscribed: 3Played: 189
Share

Description

Chaqmoq FM podkasti — texnologiyalar haqidagi suhbat va mulohazalar. Podkastda zamonaviy qurilmalar va dasturiy taʼminotni muhokama qilamiz: smartfonlar, operatsion tizimlar, kompyuterlar, internet, narsalar interneti (IoT) va boshqa mavzular.

Farhodjon Chinberdiyev va doʻstlari tomonidan yuritiladi.
8 Episodes
Reverse
Ushbu epizod ovoz va audio bilan uzoq yillar davomida ishlab kelgan, Oriat Dono radiosida boshlovchilik qilib kelgan va “Birinchi podkast”ning asoschilaridan biri — Jamshid Nazarov bilan 2020-yil 5-avgustda yozildi. 00:01:05 - Podkastlar tarixi, bizning tajribamiz, ruscha podkastlar 00:47:01 - Podkastlar kontent formati sifatida 00:57:54 - Podkast eshitish platformalari 01:06:10 - Spotify tomonidan Gimlet va Anchor xaridi 01:11:15 - Spotify va Jo Rogan 01:21:25 - Videopodkastlar 01:29:30 - Ovoz mutaxassislari, radio haqida 01:35:23 - Radio va podkastlarda reklama 01:40:14 - Podkast qiluvchilarga maslahatlar Podkastlar haqida: https://farhodjon.uz/blog/podcasts/ Podkastlar uchun Anchor platformasi: https://anchor.fm/ Ruscha podkastlar katalogi: https://russiancast.club Podkast yozish boʻyicha Meduzaʼning qoʻllanmasi (rus tilida): https://meduza.io/feature/2019/12/28/hochu-zapisat-podkast-s-chego-nachat
Ushbu epizodning mavzusi toʻlaqonli WWWDC 2020 konferensiyasi va unda taqdim qilingan yangiliklar haqida. Mehmonlar: Nodir Xalilov va Nuruddin Iminoxunov. Nodir — mahsulot dizayneri, Nuruddin esa mahsulot menejeri. Ikkovi ham Apple platformasiga qiziqadi va mobil ilovalar ishlab chiqarish jarayoni bilan juda yaxshi tanish. Epizod 2020-yil 28-iyunda va 1-iyulda yozildi. 00:02:10 - Keynout (keynote) haqida 00:10:05 - iOS 14 00:10:34 - Bosh ekran va ilovalar kutubxonasi [iOS 14] 00:28:50 - Vidjetlar [iOS 14] 00:36:00 - Picture in Picture [iOS 14] 00:41:31 - Siri [iOS 14] 00:47:28 - Translate (Tarjima) [iOS 14] 00:48:35 - iMessage [iOS 14] 00:57:30 - Maps, CarPlay, App Clips [iOS 14] 01:10:08 - iPad OS 01:12:22 - Scribble [iPad OS] 01:15:02 - AirPods, AirPods Pro 01:23:36 - watchOS 01:27:36 - macOS Big Sur 01:34:05 - Apple kompyuterlarda ham oʻzining chiplariga oʻtyapti 01:40:15 - Safari [macOS] 01:42:25 - Maxfiylik 01:50:05 - Yana Safari [macOS] 01:55:44 - Boshqa mavzular 01:59:45 - Qisqacha Yandex.Plyus haqida Keynout: https://youtu.be/GEZhD3J89ZE Keynout haqida 18 minutlik video: https://youtu.be/_Q8AKghK44M
Oʻyinlar haqidagi dildan va uzoq suhbat Ilxom Xodjayev bilan boʻldi. Bu epizod 2020-yil 27-iyunda yozildi. 00:00:30 - Oʻyinlarga kirib kelish 00:19:33 - Fallout 00:22:25 - Gothic 00:37:43 - The Elder Scrolls III: Morrowind 00:58:01 - Mass Effect, Dragon Age 01:07:24 - Yangi avlod konsollari 01:32:05 - Oʻyinlar strimingi 01:39:35 - Dronlar, xavfsizlik, innovatsiyalar (offtopic) 01:46:40 - Eʼlon qilingan va yaqinda chiqqan oʻyinlar haqida 01:46:51 - Cyberpunk 2077 01:59:41 - The Last of Us (Part II) 02:21:06 - Assasin's Creed: Valhalla 02:28:17 - Red Dead Redemption 2 02:46:32 - Ilxomning orzusi: voqealari bizning mintaqada boʻladigan oʻyin 02:53:58 - Suhbat haqida Podkast sahifasi: https://farhodjon.uz/projects/chaqmoq-fm/ Ushbu epizodda quyidagi oʻyinlarning saundtreklari foydalanildi: Fallout 3, Gothic 2, Gothic 3, The Elder Scrolls III: Morrowind, The Elder Scrolls V: Skyrim, Mass Effect 1, Dragon Age: Origins, Cyberpunk 2077 (treylerdan), The Last of Us, The Last of Us: Part II (treylerdan), Assasin's Creed: Valhalla (treylerdan), Red Dead Redemption 2.
Epizod Toʻlqin Yusupov va yangi mehmon — Nodir Xalilov bilan yozildi. Asosiy mavzu Apple kompaniyasining soʻnggi qurilmalari haqida. Mavzular: - iPad Pro  00:00:19 - iPhone SE  00:24:18 - MacBook Air  00:40:52 - Texnologik kompaniyalar Oʻzbekistonda soliq toʻlashni boshladi  00:46:36 - Apple va Google smartfonlar va Bluetooth texnologiyasi orqali koronavirus tarqalishining oldini olishmoqchi  00:59:34 - Koronavirus va karantin  01:08:03 Havolalar: - Масофадан ишлаш (Nodir Xalilov) - COVID-19 va masofadan ishlash (Farhodjon Chinberdiyev)
Ushbu epizod Hamza Foziljonov bilan yozildi va asosan Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchilari va umuman mobil qurilmalar haqida. Mavzular: - Xitoy smartfonlari (Huawei, Xiaomi, Oppo, Vivo, OnePlus, Meizu va h.k.)  00:02:20 - Smartfonni (tez) almashtirish haqida  00:03:52 - Xitoy smartfonlariga qaytamiz  00:07:09 - Oʻzbekistondan Xitoy smartfonlarini sotib olish va bojxona  00:30:44 - Trade-in  00:44:36 - “Malika” (Fleshka) bozori va boshqa magazinlar  00:47:30 - Xiaomi (MI) ekotizimi va ozroq aqlli uy qurilmalari  00:55:48 - Xitoydagi Android ilova-doʻkonlari (App Store)  01:08:56 - Yandex servislari Oʻzbekistonda  01:31:16 Havolalar: - Huawei, Oppo, Vivo va Xiaomi birgalikda umumiy app store yaratmoqchi - Xitoydagi Android ilova bozorlari
Ushbu epizod Toʻlqin Yusupov va Darxonbek Mamataliyev bilan yozildi. - Bolalar uchun dasturlash 00:00:40 - Samsungning yangi taqdim qilingan qurilmalari haqida 00:39:38 - Android 11 haqida 00:57:00 - iOS 14 haqida mish-mishlar 00:59:38 - Parlament IMEI bo‘yicha pulli ro‘yxatga olishni bekor qilish to‘g‘risidagi petitsiyani o‘rganmoqda 01:04:40 - O‘zAga davlat budjetidan 5,4 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilmoqda 01:15:05 Bolalarga dasturlashni oʻrgatish boʻyicha resurslar: - Scratch - https://scratch.mit.edu/ (saytning eng pastida oʻzbek tiliga oʻtish mumkin) - 5-7 yoshdagi bolalar uchun Scratch - https://www.scratchjr.org/ - dars beruvchilar uchun Scratch haqida maʼlumot - https://scratch.mit.edu/educators - bolalar uchun dasturlash boʻyicha yaxshi kurslar - https://code.org/ - sal murakkabroq, lekin qiziq Swift Playgrounds - https://www.apple.com/swift/playgrounds/ - 20 игр, чтобы научить ребёнка программированию - https://habr.com/ru/post/440376/ Podkast haqida fikr-mulohazalaringizni bildirish va doʻstlaringiz bilan boʻlishish haqida unutmang.
Chaqmoq FM #1

Chaqmoq FM #1

2020-02-1857:381

Chaqmoq FM podkastining birinchi epizodi! Mavzular: - Birinchi podkast haqida - 00:01:32 - iPad 10 yoshda - 00:03:21 - Google yana bir messenjer ustida ishlamoqda - 00:12:03 - Chexiyada 16 mln yevrolik davlat buyurtmasi bo‘lgan sayt bepulga qilib berildi - 00:18:04 - Katta kompaniyalarning 2019-yil 4-chorakdagi daromadlari - 00:24:33 - Striming servislari jangi - 00:35:54 - Huawei smartfonlar bozoridagi ikkinchi kompaniya - 00:50:05
Salom! Va nihoyat, anchadan beri oʻylab yurgan rejalarimdan birini amalga oshirdim. Bu texnologiyalar haqidagi podkast. Menga shu jadallik bilan rivojlanayotgan texnologiyalarni muhokama qilish juda qiziq. Va turli boshqa odamlar bilan ham: podkastning har bir epizodiga turli mehmonlar chaqirish rejalashtirilgan. Baʼzi epizodlarini esa toʻlaqonli biror mavzuga bagʻishlash mumkin. Har oy kamida bittadan epizod chiqarmoqchiman. Podkast deyarli barcha platformalarda chop etiladi: Apple, Google, Spotify, Yandex Musiqa kabi. Va albatta, “Farhodjon yashayapti” nomli telegram kanalimda har bir epizod eʼlon qilinadi. Podkast nomi esa: Chaqmoq FM! Aytgandek, podkastlarni qayerdan topishim, qanday, qachon eshtishim haqidagi tajribani blogimda yozdim. Podkastlar bilan tajribasi kam odamlarga asqotadi. https://farhodjon.uz/blog/podcasts/ Xullas, koʻrishguncha!
Comments 
loading
Download from Google Play
Download from App Store