DiscoverGASHTAK
GASHTAK
Claim Ownership

GASHTAK

Author: Otabek Nuritdinov

Subscribed: 239Played: 1,214
Share

Description

Global O'zbekistonliklar podcasti. Maqsadimiz dunyo o'zbeklarga havas qilsin!

Instagram: https://www.instagram.com/gashtak.uk/

YouTube: https://www.youtube.com/@Gashtak

Hamkorlarimiz:

Moneff: https://www.moneff.com/

Cappadocia Walton: https://www.cappadociawalton.co.uk/

81 Episodes
Reverse
SUHBAT MAVZULARIDAN: • Autizm tashxisidan keyingi ota-onalar kechinmalari • Neyroinkluzivlik va teng imkoniyatlar • Jamiyatdagi stereotiplar va ota-onalarni ayblash • Autizmli insonlarning qobiliyat va iste’dodlari • Autizm va SDVG • Inklyuziv ta’lim tizimi va ota-onalar uchun yordam manbalari
Nega O‘zbekistonda ko‘plab tovarlar qimmat? Bojlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qiladimi? Erkin savdo iqtisodiy o‘sishga qanday ta’sir qiladi va uning jamiyat uchun qanday oqibatlari bor? Shuningdek, suhbat mavzularidan: Erkin savdo va uning tarixiy rivojlanishi Savdo cheklovlari, bojlar va soliqlarning iqtisodiyotga ta’siri Davlat va xususiy biznesning iqtisodiyotdagi o‘rni Daromadlar tengsizligi, boylik va resurslar taqsimoti “Tekshirish teatri” va uning fojiali oqibatlari Amazon, bozor raqobati va 2008-yilgi moliyaviy inqiroz O‘zbekistonda narxlar va xalqaro savdo imkoniyatlari
Gashtak podkasti yangi mehmoni - jurnalist, Kun.uz asoschisi va Daryo saytining sobiq bosh muharriri Muhrim A'zamxo'jayev. Jurnalistika, davlat mediasidagi chegaralar, propaganda va erkinlik, ijodda moliyaviy barqarorlik hamda O'zbekistonning kelajagi haqida ochiq va samimiy suhbat qildik. Suhbat mavzularidan: Asosiy ishidan nega ketdi? Gazeta.uz dagi ish faoliyati Qanday media loyihasini boshlash ma'qul? Yangiliklarni o'qish sog'liqqa zarar! Propaganda va PR jurnalistikaga kerakmi? Ijodda moliyaviy erkinlik bormi? "Lolazor" loyihasidagi ishtiroki haqida O'zbekistonga protestlar kerakmi?
Gashtak podkastining yangi mehmoni - Azam Qahramoniy yoki Teacher Azam, ingliz tili o‘qituvchisi va Englify platformasi asoschisi. Ingliz tili, ta’lim va tarbiya, tanqidiy fikrlash, jamiyatdagi “uyat” tushunchasi, insonning zaif nuqtalari, ochiq tanqid va blogerlik haqida ochiq suhbat qildik. Ingliz tili biz uchun imkoniyatmi yoki qochish yo‘limi? Bolalikdagi tarbiya va maktabdagi tanqid insonning keyingi hayotiga qanchalik ta’sir qiladi? Nega o‘z fikrimizdan ko‘ra boshqalarning fikridan ko‘proq qo‘rqamiz? Va ochiq gapirishning o‘z narxi bormi? Suhbat davomida: • Tanqidiy fikrlash va raqobat bizga nima beradi? • Ta’lim va tarbiyada qat’iy intizom ta’siri? • O‘zbek oilalaridagi “uyat” • Milliy g‘oyani kim va qanday shakllantiradi? • Ochiq tanqid, senzura va blogerlikning kelajagi • Duolingo, subtitr bilan film ko‘rish va ingliz tilini mustaqil o‘rganish haqida ham gaplashdik.
Gashtak podkasti yangi mehmonlari - stand-up komik, prodyuser Mirshakar Fayzulloyev va Islom Karimov. Ijod, jamoa boshqarish, pul va egoistlik, senzura chegaralari va "ichingizdagi bola"ni yo'qotmaslik haqida ochiq hamda samimiy suhbat qildik. Podcast mavzularidan: MTV show nega to'xtadi va qayta boshlanadimi? Standup klub ekosistemasi qanday quriladi? Komik bo'lish uchun diplom kerakmi? Hazil qanday yoziladi - sahna ortidagi "formula" Nega pul topish standup uchun eng qiyin masala? Yumorda chegara qayerda? Egoist bo'lish yomon emas!
loading
Comments