DiscoverBefarq Onalar
Befarq Onalar

Befarq Onalar

Author: Qizlar Collective

Subscribed: 33Played: 184
Share

Description

Befarq Onalar - onalar va ayollar uchun ko’mak va yangi bilimlarga boy podkast. Mo’tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova o’zlari kabi qiziquvchan va ona bo’lgan tajribali mutaxassislar bilan suhbat olib boradilar. Loyihaning asosiy maqsadi — onalik yo’lida birlashib, bu yo’lni to’g’ri va osonroq bosib o’tishda ko’maklashish.
Instagram: @befaqr_onalar
Hamkor bo’lish uchun : qizlar@protonmail.com

Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective
Musiqa bastalagan: Amalia
Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil
10 Episodes
Reverse
Multfilmlarsiz ovqatlanamiz

Multfilmlarsiz ovqatlanamiz

2024-05-2601:07:38

Befarq onalar podkastining kutilgan sonlaridan biri, “Multiklarsiz ovqatlanimiz” mavzusiga bag’ishlangan bo’lib, biz juda dolzarb bo’lgan savollarga to’xtaldik.- Nega bolalarga ovqatlanish paytida multfilmlar qo’yib berish taqiqlanadi? - Ovqatlanishi izidan chiqqan bolalar bilan qanday ishlash kerak? - Shirinliklar berish qanchalik to’g’ri? - O’yin tariqasida ovqatlantirish mumkinmi? Ko’plab shu kabi masalalarga to’xtalib, ko’pchilik uchun informativ bo’lgan podkastni taqdim etamiz. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Ziyoda Xojayeva Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia
Ginekolog bilan suhbat

Ginekolog bilan suhbat

2024-04-2757:17

Befarq onalar podkastining bu sonida genekolog mutahassisini taklif qilib qilib obunachilarimiz uchun qiziq bo’lgan quyidagi mavzularda suhbat qildik: - homiladorlikka qanday tayyorgarlik ko’rish kerak? - homiladorlik davrida qilinishi kerak va kerakmas bo’lgan holatlar haqida; - homiladorlik davridagi har birimiz duch keladigan miflar haqida; hamda yana ko’plab foydali ma’lumotlar bilan bo’lishdik. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Yuldasheva NargizaIjodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: Amalia Podkastimizning ushbu sonini YouTube da tamosha qilishingiz mumkin. Tomosha qiling, tinglang, obuna bo’ling, izohlar qoldiring va layk bosing.
Befarq onalar podkastining bugungi soni Tug’ruqdan keyingi depressiyaga atalgan bo’lib, nafaqat onalar balki atrofingizda yaqinda ona bo’lgan tanishlari borlarga ham juda foydali bo’lishiga ishonamiz - depressiya qanchalik jiddiy bo’lishi mumkin - depressiyaga tushgan ayolga qanday yordam berish kerak - nega tushkunlikdagi onaning holatini qadrsizlantirish mumkin emas - depressiya saratondan ham og’irmi? Va boshqa ko’plab foydali ma’lumotlar bilan bo’lishdik. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: @saodat_psyIjodkor dizayner: Sofiya SeytkhalilQo’llab quvvatlayotgan: Qizlar CollectiveMusiqa bastalagan: AmaliaPodkastimizning ushbu sonini YouTube da tamosha qilishingiz mumkin. Tomosha qiling, tinglang, obuna bo’ling, izohlar qoldiring va layk bosing.
Nutq kechikishi

Nutq kechikishi

2024-03-3051:27

Podkastimizning bugungi, sizga taqdim etilayotgan sonida Bolalardagi nutq kechikishi to’g’risida suhbat olib boramiz. - nima sabablardan nutq kechikadi - qachon shifokor ko’rigiga borish tavsiya qilinadi - qanday belgilar norma yoki norma emas - nutqni rivojlantirish uchun qaysi metodlardan foydalanish kerak Va boshqa ko’plab foydali ma’lumotlar bilan bo’lishdik. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna BurkhanovaMehmon: Maxbuba KarshibayevnaIjodkor dizayner: Sofiya SeytkhalilQo’llab quvvatlayotgan: Qizlar CollectiveMusiqa bastalagan: AmaliaPodkastimizning ushbu sonini YouTube da tamosha qilishingiz mumkin. Tomosha qiling, tinglang, obuna bo’ling, izohlar qoldiring va layk bosing.
Isterika

Isterika

2024-03-1601:15:51

Befarq onalar podkastining ushbu soni bolalardagi isterikaga bag’ishlandi. Sizning sevimli blogerlaringizdan biri, o’zining tog’riso’z va samimiyligi bilan mehr qozongan Sitora Isakova bizning mehmonimiz.  ⁃ isterika o’zi qanday sodir bo’ladi?  ⁃ bola manipulyatsiya qila oladimi?  ⁃ bunday holatlarda kattalar qanday yordam berishi to’g’ri bo’ladi?  ⁃ onalarga ham psixologik yordam kerakmi? Shu kabi savollarga javob topasiz. Bu son juda qiziq, hazillarga boy podkast bo’ldi. O’z fikrlaringiz bilan albatta bo’lishing. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Sitora Isakova Ijodkor dizayner: Sofiya SeytkhalilQo’llab quvvatlayotgan: Qizlar CollectiveMusiqa bastalagan: AmaliaPodkastimizning ushbu sonini YouTube da tamosha qilishingiz mumkin. Tamosha qiling, tinglang, obuna bo’ling, izohlar qoldiring va layk bosing.
Aziz ayollar, Befarq onalar jamoasi sizlarni bayram bilan tabriklaydi. Ushbu bayramda sizga mustahkam sog’liq, ishlaringizda rivoj, ko’zlaringiz baxtdan doim chaqnab turishini, qalbingiz esa mehr-muhabbatga to’la bo’lishini tilab qolamiz. Har birimiz, ona, opa-singil, kelin, ayol hamkasb va eng avvalo bir birmizga do’stmiz. Biz ayollar bir-birimizni doim qo’llab-quvvatlashimiz juda muhim, zero ayolni ayoldan yaxshiroq hech kim tushunmaydi. Bayramni a’lo kayfiyatda, yorqin xotiralarga boy tarzda nishonlashingizni tilab qolamiz. Bayramingiz muborak, muqaddas ayol❤️Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Dizayner: Sofiya SeytkhalilIllyustrator: Natasha Panyuta
Ona suti. Tabiiy parvarish.

Ona suti. Tabiiy parvarish.

2024-03-0201:20:19

Eng katta qiziqish bilan kutilgan sonlarimizdan biri “Ona suti va tabiiy parvarish” Mehmonimiz tajribali shifokor-laktolog Nafisa Sabirovna, ona suti tog’risida barcha ma’lumotlar bilan bo’lishibgina qolmay ba’zi miflarga ham oydinlik kiritdilar. Bu sonda biz: ⁃ ona suti va uning foydasi  ⁃ ona suti bilan ozuqlantirishning onaga foydasi  ⁃ ona suti zarar bo’lishi mumkinmi?  ⁃ chaqaloqlarni birinchi kunlardan qanday parvarish qilish kerak?  ⁃ qo’shimcha ovqat berish nega ko’paymoqda?  ⁃ qanday hollarda ona suti taqiqlangan shu kabi ko’plqb savollarga javob topishga harakat qildik. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Nafisa SabirovnaIjodkor dizayner: Sofiya SeytkhalilPodkastimizning ushbu sonini YouTube da tamosha qilishingiz mumkin.
Befarq onalar ning bugungi soni “Ona va bolaning sog’lom uyqusi” ga bag’ishlangan bo’lib, mehnonimiz bolalar uyqusi bo’yicha ekspert Parizod Bekirova bilan suhbat YouTube va boshqa platformalarda siz uchun tayyor. Ushbu sonida biz:  ⁃ bolalarning uyqu rejimi;  ⁃ uyqudagi o’zgalishlar (regresslar);  ⁃ bolalar uyqusi uning rivojlanishiga ta’siri;  ⁃ tavsiya etilmaydigan uyqu preparatlari; kabi ko’plab uyqu sirlari haqida ma’lumot almashibgina qolmay, boshqa qiziq savollarga javob topdik. Albatta o’z fikrlaringizni qoldiring! Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Parizod Bekirova Ijodkor dizayner: Sofiya SeytkhalilPodkastimizning ushbu sonini YouTube da tamosha qilishingiz mumkin.
Hozirda eng dolzarb mavzulardan biri bolalar bog’chasi bo’lib, u ko’plab ota-onalarni qiynab kelmoqda. Shuningdek, katta bahs va munozalarga sabab bo’layotgan yumshoq tarbiya haqida suhbatni taqdim etamiz. -Qanday bog’cha tanlash kerak? -Farzandimiz kelajagiga bog’chalar qanday ta’sir qiladi? -Bog’cha tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozim? -Bolaga yumshoq tarbiya kerakmi yoki qattiq qo’llik? Har bir ona va bola individual, o’zingizga ishoning, siz eng yaxshi onasiz❤️ Biz sizlar bilan o’z bilim va tajribalarimizni bo’lishishdan to’xtamaymiz. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna Burkhanova Mehmon: Gulshoda AshuralievaQo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective Musiqa bastalagan: AmaliaIjodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil
Birinchi ko’rsatuvimizni bolalar ovqatlanishiga bag’ishlashni xohladik. Oramizda juda ko’p onalarni aynan taomlanishdagi muammolar, shirinlikka o’rganib qolish, umuman bolaga qaysi yoshda qanday mahsulot berish kabi mavzular ikkilantiradi va izlanishga undaydi.  Ko’rsatuvda quyidagi masalalarga o’z e’tiborimizni qaratdik: - tog’ri ovqatlanish bolalar sog’lig’iga qanchqlik ta’sir qiladi? - bolalar nechi oyligidan mahsulotlar bilan tanishishi kerak? - bolalarga qanday ratsion tuzish kerak? - qanday mahsulotlar bolaning sog’lig’iga xavf soladi? Shu kabi savollarga javob topibgina qolmay, qiziqarli tajribalar bilan ham tanishasiz. Muallif va boshlovchilar: Mo'tabar Xushvaqtova va Maftuna BurkhanovaMehmon: Kamola KayumovaQo’llab quvvatlayotgan: Qizlar CollectiveMusiqa bastalagan: AmaliaIjodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil
Comments (1)

Xilola Xayitova

judayam foydali podcastla hamma eshitishini hohlardim

Apr 29th
Reply
Download from Google Play
Download from App Store