Discover
NmaGap suhbat
NmaGap suhbat
Author: Sardor Salyamov , Rajabboy Allayarov
Subscribed: 186Played: 281Subscribe
Share
© Sardor Salyamov , Rajabboy Allayarov
Description
Hormela hammaga! Siz bu yerda har xil suhbat, gap, so'z, harakter va ko'rinishlar guvohi bo'lasiz! Tak chto davayte, kanalga podpiska urib mezza qilib eshitib chiqing!
3 Episodes
Reverse
Jahon chempionatidagi ishtiroki, Portugaliya bilan tarixiy uchrashuv, bekor qilingan gollar, tanqidlar, Yevropadagi faoliyati va futbol ortidagi haqiqatlar haqida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori ilk bor bunchalik ochiq gapirdi."NmaGap"ning navbatdagi mehmoni futbolchi Eldor Shomurodov. Suhbat davomida:🔹 Nega Jaloliddin Masharipov Jahon chempionatida ishtirok etmagani;🔹 FIFA, hakamlar va mish-mishlarga munosabat;🔹 Futbolchilar oladigan mukofot pullari;🔹 Yevropada o‘ynashning bosimi va tajribasi;🔹 Futbolchi hayotining ko‘rinmaydigan tomoni haqida gaplashdik.
Sud-med ekspertlari nima bilan shug’ullanishadi? ChatGPT “Zakovat”ni qiyinlashtirdimi? Yoshlar nega erta uylanmasligi kerak?Bu safargi “NmaGap”ning yangi sonida sud-tibbiy ekspert, “Zakovat” mutlaq chempioni Bobur Yoqubov bilan ikki soatdan ortiq davom etgan ochiq va samimiy suhbatni tomosha qilasiz.🎙 Suhbatda:• Sud-tibbiy ekspertlar aslida nima ish qilishi;• Murdaning qachon vafot etganini aniqlash mumkin yoki yo’qligi;• Donorlik, avtohalokatlar va oilaviy zo‘ravonlik haqida haqiqatlar;• “Zakovat”ga qanday kirib kelgani va uning eng og‘ir davrlari;• Nega 800 ta savoldan atigi bittasi efirga chiqishi;• ChatGPT intellektual o‘yinlarga qanday ta’sir qilishi haqida gaplashdik.Bu suhbat nafaqat “Zakovat” muxlislari, balki hayot, kasb va inson psixologiyasi bilan qiziquvchilar uchun ham qiziqarli bo‘ladi.
Behruz Bozorov — Germaniyadagi hayotni chiroyli kadrlar ortidan emas, o‘zi ko‘rgan va boshdan kechirgan voqealar orqali ko‘rsatadigan bloger va tarix fani o’qituvchisi.Xorijga ketish istagi, til bilmasdan ish topish qiyinligi, firibgarlarning yolg‘on va’dalariga ishongan yuzlab insonlar, vatanni sog‘inish, oila, jamiyatdagi stereotiplar va Germaniyadagi real hayot — suhbatda “bezatilmagan” mavzular ko‘p bo‘ldi.






