Amerikada nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini qanday ta’minlashadi?
Description
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmamiz bir nechta a’zolari va xodimlarini AQSh Davlat departamentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish va qamrab olish strategiyalari” 10 kunlik Xalqaro tashrif buyuruvchilar yetakchilik dasturida (International Visitor Leadership Program) ishtirok etishga taklif qilishgan edi.
2024-yil 13-dekabr Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi sonida tashkilotimiz vakillari AQShdan olib kelgan bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Suhbatimiz davomida quyidagi masalalarni muhokama qildik:
- Amerikada nogironligi bo‘lgan shaxslar harakati tarixi;
- Nogironligi bo‘lgan amerikaliklar akti (Americans with Disabilities Act);
- Mustaqil yashash harakati va markazlari;
- Dunyodagi birinchi karlar universiteti;
- ko‘rinmas nogironlik turlari;
- va tinglovchilar savollariga javob berdik.
Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov